Kamoliddin Tojiev: "Alijonovni qoldi desak bo'ladi. Ikkita hujumchi olsak..."

Абдулвосит Бектемиров
8 yanv 2026, 08:04
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev yangi mavsumga tayyorgarlik haqida fikr bildirdi.

"Bugun yig'ildik. 17 yanvarga qadar o'z qarorgohimizda bo'lamiz. Keyin esa Antaliyaga yo'l olamiz, u yerda bir oylik yig'in o'tkazishni rejalashtirdik. Orada besh kunlik tanaffus bilan. Yig'inning birinchi qismida uch nazorat o'yinida ishtirok etamiz. Jamoa hali to'liq yig'ilib ulgurmadi. Legionerlarimiz endi safimizga qo'shiladi", - dedi Kamoliddin Tojiev yig'in haqida.

- Igor Sergeevning o'rnini kim bilan to'ldirmoqchisizlar?

- Igor katta yo'qotish. Uning o'rniga bir nechta o'yinchilar bilan muzokara olib boryapmiz. Yana boshqa poziciyalarni ham kuchaytirish niyatidamiz.

- Nasrullaev va Bozorov "Paxtakor"ning hozirgi vaqtga qadar asosiy transferi bo'ldi. Tarkib o'zi qanchalik shakllantirib bo'lindi yoki yana futbolchilar xarid qilinadimi?

- Yana ikkita hujumchi olsak, tarkibimiz 90 foizga tayyor bo'ladi.

- JCH sababli joriy mavsumda Superliga taqvimi ancha zich bo'lishi kutilmoqda. Masalan, gap-so'zlarga qaraganda aprel oyida 6ta tur o'tkazilishi mumkin ekan. Ushbu jihat jamoalarga qanchalik ta’sir o'tkazishi mumkin? Jarohatlar ko'payib, futbolchilarning jismoniy holatiga salbiy ta’sir bo'lmaydimi?

- Mart va Aprelda 5-6ta o'yin bo'lar ekan. Shu sababli biz teng kuchga ega ikkita tarkib yig'ishga harakat qilamiz. Jarohatlar bo'lishi aniq.

- Hojiakbar Alijonov haqida ham ko'p gap-so'zlar bo'ldi? Alijonov "Paxtakor"da qoladigan bo'ldimi?

- Alijonov jamoa yetakchisi. Uni jamoada qoldi desak bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia