Kamoliddin Tojiev: "Al Garafa"ga qarshi o'yinga puxta hozirlik ko'rishga urinyapmiz"

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2018, 11:00
"Al Garafa" stadionida o'tgan mashg'ulot yakunlangach, "Paxtakor" sardori Kamoliddin Tojiev tayyorgarlik jarayoni va raqib to'g'risida fikrlarini bildirdi.

Kamoliddin Tojiev: - Biz mazkur bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Turkiyadagi yig'in bu borada katta yordam berdi. Unda jismoniy imkoniyatlarimiz va jamoaviy o'yinni yaxshilash ustida ishladik. Ayni paytda jamoamizda barchaning kayfiyati yuqori. "Al Garafa"ga qarshi o'yinga puxta hozirlik ko'rishga urinyapmiz. Bu jamoa tarkibida yaxshi darajada o'ynaydigan futbolchilar bor, ammo biz ularga jamoaviy va birdam o'yinimiz bilan javob berishga intilamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz