Kamo Gazarov: "Buxoro" futbolchilari xarakter ko'rsatishlari shart"

Narzulla Saydullayev
26 avg 2016, 13:11
Yoshlar ligasi doirasida "Andijon" va "Buxoro" klublari o'zaro bellashishdi.
Uchrashuv jangovor 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Uchrashuvdan so'ng "Buxoro" murabbiyi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"Bugungi chiroyli o'yin uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman. Uzoq yo'l bosib kelib, charchoq alomatlari sezilib turgan bo'lsada, yigitlar yaxshi o'ynashdi xatto-ki g'alaba qozonish imkoniyati bor edi. Afsus gol urish uchun qulay imkoniyatlardan unumli foydalana olmadik.

Ertangi o'yinda g'alaba qozonishimiz shart. Kubok o'yinidan keyin futbolchilarda atigi 3 kun tiklanish uchun vaqt bo'ldi, bu albatta oz. Lekin shunga karamay futbolchilarimiz xarakter ko'rsatishlari shart va kichik tanaffusdan oldin g'alabani qo'lga kiritishlari kerak", - deydi Gazarov.

"Buxoro" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia