Kamo Gazarov: "Mashal"ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman"

Narzulla Saydullayev
17 noya 2016
"Mashal" - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'zini yomon his qilgani sababli matbuot anjumanida Kamo Gazarov ishtirok etdi:
"Mashal" jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Buxorodan tashrif buyurgan ishqibozlardan uzr so'ragan holda ularga minnatdorchilik bildiramiz.

Ular bizni hech qachon yolg'izlatib qo'yishgani yo'q. Chempionat yakunlangani yo'q, kelasi uchrashuvda albatta muxlislarimizni xursand qilishga harakat kilamiz", - deydi Kamo Gazarov.

"Buxoro" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia