

28 yoshli futbolchi shu kungacha Qatar chempionatida o'ynayotgan edi. Loe “Osasuna”ga ozod agent maqomida kelib qo'shildi. Futbolchi mavsum so'nggiga qadar ispan klubi bilan shartnoma imzoladi.
Loe uchun “Osasuna” begona emas. Kamerunlik futbolchi 2011 yildan to 2015 yilga qadar aynan ushbu klub sharafini himoya qilgan edi. Hozirda “Osasuna” La ligada 19-o'rinni egallab turibdi.



