Kamerun terma jamoasi Rossiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rad etdi

Sherzod Nurmatov
23 may 2023, 13:38
Xabarga ko'ra, Kamerun terma jamoasi iyun oyida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Rossiya bilan o'rtoqlik uchrashuvidan bosh tortgan.

Afrika davlati hukumati milliy terma jamoaga rossiyaliklarga qarshi o'ynashni taqiqladi.

Rossiya – Kamerun o'yini  15 iyun kuni "Lujniki" stadionida  bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi.

Rossiya terma jamoasi tarixda Kamerun bilan ikki marta o'ynagan: 1994 yilgi Jahon chempionatida rossiyaliklar afrikaliklarni 6:1 hisobida mag'lub etishgan, jamoalar o'rtasidagi 2011 yilgi o'rtoqlik bahsi durang bilan tugagan – 0:0.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс