Kalidu Kulibali MYUga o'tmaydi

16 noya 2019, 22:50
"Napoli" klubi himoyachisi Kalidu Kulibali "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

"Mening bolalarim shu yerda tug'ilgan. Men bu yerda futbolchi va inson sifatida ulg'aydim. "Napoli" - mening uyim", - deydi Kulibali Football Italia nashriga.

Eslatib o'tamiz, Senegal terma jamoasi a'zosi 2014 yildan buyon neapolliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.


O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia