Kalexon ham koronavirusga chalindi

Mirjalol Normatov
6 noya 2020, 23:51
"Fiorentina" yarim himoyachisi Xose Kalexon koronavirusni yuqtirib oldi.

Klub rasmiy saytinin yozishicha, 33 yoshli ispaniyalikda kasallik simptomlarsiz kechmoqda. Biroq u baribir karantinga olingan.

Kalexon oktyabr oyida erkin agent sifatida "Fiorentina"ga ko'chib o'tgandi. Uning hisobida 4 o'yinda 1 gol bor.

"Fiorentina" navbatdagi o'yinini 7 noyabr kuni "Parma"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal