Yozef Blatter: AQSH JCH-2026ni qabul qila oladi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2014, 09:25
FIFA prezidenti Yozef Blatter agar AQSH JCH-2026ni qabul qilish uchun ariza topshirsa uning imkoniyatlari yaxshi bo'lishini aytib o'tdi.
Agar qoidalarga amal qilsak JCH-2026 Afrika yoki Amerikada bo'lib o'tishi kerak. Yaqinda Janubiy Amerikada mundial bo'lib o'tdi, shu bois Shimoliy Amerikaning imkoniyati yuqori.

AQSHda imkoniyatlar yaxshi. Katta teleauditoriya, ularda futbolga qiziqish paydo bo'ldi. O'z vaqtida biz amerikaliklarga futbol nimaligini ko'rsatgandik. Hozir imkoniyatlar ancha yaxshi, – deydi Blatter.

Eslatib o'tamiz, AQSH JCH-2022ni qabul qilish uchun da'vogar edi. 1994 yil AQSHda Jahon chempionati bo'lib o'tgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru