Joze Mourinyo: "Pogba uzoq muddatga safdan chiqdi"

Tolibjon Qosimov
30 sen 2017, 10:34
"Manchester Yunayted"ning portugaliyalik bosh murabbiyi Joze Mourinyo Pol Pogba ko'p o'yin o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi 12 sentyabr kuni YCHL 1-turi doirasida "Bazel"ga qarshi o'yin (3:0)da tizzaosti mushaklaridan jarohat olgan edi.

"Pogbada jarohat bor, shuning uchun dam olish kuni u o'ynamaydi. Men bunga umid ham qilmayapman. Yana ham aniqrog'i, hozir men Pogba haqida o'ylamayapman, chunki u uzoq muddatga safdan chiqdi", - deya Mourinyoning so'zlarini keltirdi klub rasmiy sayti.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com