Jorjevich: "Bugun "Zenit" hamma narsaning iloji borligini isbotladi"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2016
"Makkabi" Tel-Avivga qarshi Yevropa ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida g'alaba to'piga mualliflik qilgan "Zenit" hujumchisi Luka Jorjevich bahs (4:3) haqida fikr bildirdi.

"Bugun hamma narsaning iloji borligini isbotladik. 0:3 payti qiyin edi, ammo birinchi goldan so'ng iroda ko'rsata olishimiz haqida o'ylab qoldik. Qizil kartochka ham yordam berdi va o'z vazifamizni uddaladik.

Juda charchadim. Jismonan emas, ruhan charchadim. Bunday muhim g'alabaga erishganimizdan xursandman. Ammo endi ishlashda davom etishimiz kerak.

Julian to'p bilanligida yaxshi uzatma qilishini bilgandim. Jarima maydonchasiga kirganimdan unda to'pni uzatishini kutdim, baxtimga uzatma ajoyib chiqdi.

Har bir futbolchi uchun futboldagi eng yaxshi narsa - g'alaba to'pi. Bu narsa menda mavsumda ikkinchi bor sodir bo'ldi. Yana bo'ladi deb umid qilaman.

Jorjevich jokermi? Hozir ha deyishim mumkin" - deydi Jorjevich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com