“Rostov” Shomurodovning o'rnini to'ldirish uchun “Lokomotiv M” hujumchisi bilan muzokara o'tkazmoqda

Eldor Akmurzayev
29 sen 2020, 21:25
“Temiryo'lchilar” forvardi Luka Jorjevich “Rostov”ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi va donliklar u bilan muzokara olib bormoqda.

Eldor Shomurodovning “Jenoa”ga transfer bo'lish varianti tufayli Jorjevichga qiziqish paydo bo'ldi. O'zbekistonlik forvard A Seriyaga ko'chib o'tishi kutilmoqda. Mazkur transfer amalga oshsa, Luka Jorjevich “Rostov”ga keladi.

Eslatib o'tamiz, chernogoriyalik futbolchi o'tgan yili "Loko" a'zosiga aylanib, RPLda 4 ta o'yin o'tkazgan holda bitta pas berishga erishgandi. U 2019 yilning oktyabrida tizza paylarini shikastlab olgani sabab, uzoq muddatga safdan chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: РБ-Спорт