Moskvaning "Lokomotiv" klubi forvardi "Arsenal" (Tula)ga o'tdi

14 okt 2020, 23:34
Luka Jorjevich ushbu mavsumni ijara asosida Tula jamoasi safida o'tkazadi.

Bu haqda "temiryo'lchilar" rasmiy sayti xabar qildi. Klublar o'rtasidagi kelishuv joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladi.

Jorjevich "Lokomotiv" tarkibiga 2019 yilda kelib qo'shilgan edi. Chernogoriyalik hujumchi 2020/21 yilgi mavsumda biror bor maydonga tushmagaedi.

Eslatib o'tamiz, Moskva klubi kecha hamyurtimiz Jasur Jaloliddinovni ham mavsum oxiriga qadar "Tambov"ga ijaraga berib yuborgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fclm.ru