Jibril Sisse panjara ortida o'tirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
13 sen 2024
Fransiya terma jamoasi sobiq yulduzi Jibril Sisse bir yillik qamoq va katta jarimaga tortilish ehtimoli bor. U qonunni buzganlikda gumon qilinmoqda.

"RMC Sport" nashrining yozishicha, Bastiya shahri sudi Jibrilga qarshi ayblov e'lon qilgan. Sobiq futbolchi soliqqa oid firibgarlik, buxgalteriya hisobining yo'qligi va korporativ qonunchilikni suiistemol qilishda gumonlangan. Agar sudning gumonlari tasdiqlansa, Sisse 100 ming evro jarima to'laydi va bir yilga qamaladi.

Eslatib o'tamiz, Jibril professional faoliyatini 2021 yilda yakunlagandi. Sisse faoliyati mobaynida 609 o'yin o'tkazib, 272 ta gol urgan. Sobiq hujumchi ko'p sonli klublarda o'ynagan, ammo Angliyaning "Liverpul" va Fransiyaning "Marsel" klublaridagi o'yinlari bilan yodda qolgan. Bundan tashqari, fransiyalik futbolchi terma jamoa safida 41 ta o'yin o'tkazgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport