Jeyms: "Kelasi mavsumda bosh sovrin uchun kurasha olamiz"

Mirjalol Normatov
7 iyun 2020
"Manchester Yunayted" vingeri Daniel Jeyms kelasi mavsumda jamoa sovrinlar uchun kurasha olishini aytdi.

"Kelasi mavsum biz uchun ajoyib o'tadi. Bu yili ko'plab jarohatlar bo'ldi - Reshford, Pogba, MakTomini kabi futbolchilar uzoq muddatga safdan chiqdi.

Agarda tarkibimiz to'liqligicha yig'iladigan bo'lsa, biz sovrinlarni qo'lga kirita oladigan jamoaga aylanamiz", - dedi Jeyms.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal