Jerom Boateng Rummeniggening tanqidiga javob berdi

Aslanov Jasurbek
25 noya 2016, 10:47
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng klub boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummeniggening tanqidiga javob berdi.

Rummenigge "Rostov"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, Boateng ko'proq dam olishi va osmonlarda uchmay, erga tushishini aytgan edi.

"Tanqidga munosibman. Yaxshi o'ynay olmadim. Yevropa chempionatida olgan jarohatimdan so'ng formamni tiklay olmadim. Meni taniydiganlar o'z formamga qaytishim uchun hamma narsa qilishimni yaxshi bilishadi" - deydi Boateng.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Spox