JCH qur'asi. O'zbekiston 4-savatchada

Tolibjon Qosimov
19 may 2016
Ertaga Toshkent vaqti bilan 04:00da 2016 yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi tashkillashtiriladi.

Unda terma jamoa bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez qatnashishi haqida ma'lumot bergan edik.

O'zbekiston terma jamoasi qur'ada Kuba, Mozambik, Qozog'iston, Ozarbayjon hamda Vetnam terma jamoalari bilan birga 4-savatchadan o'rin oladi. Quyida barcha savatchalarni keltirib o'tamiz:

1-savatcha

Kolumbiya
Braziliya
Ispaniya
Italiya
Argentina
Rossiya

2-savatcha

Eron
Ukraina
Portugaliya
Paragvay
Misr
Kosta Rika

3-savatcha

Solomon Orollari
Tailand
Marokash
Panama
Gvatemala
Avstraliya

4-savatcha

Kuba
Mozambik
Qozog'iston
Ozarbayjon
O'zbekiston
Vetnam

Jamoalar 6 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurashga kirishishadi. Har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o'rin egalari, shuningdek eng yaxshi natija qayd etgan 4ta uchinchi o'rin sohiblari  nimchorak finalga yo'l oladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz