JCH-2022 yo'llanmasini qo'lga kiritgan terma jamoalar soni to'qqiztaga etdi

Aziz Tukhtamuradov
15 noya 2021, 08:08
Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etadigan yana ikki terma jamoa nomi ma'lum bo'ldi.

Kechagi o'yinlardan so'ng Serbiya va Ispaniya terma jamoalari ham kelasi yili o'tkaziladigan jahon chempionatida qatnashadigan bo'lishdi. 

Serbiyaliklar A guruhida, ispanlar esa B guruhida birinchi o'rinni egallab, to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmagan ega chiqishdi. 

Shu tariqa, jahon chempionatida qatnashishi aniq bo'lgan terma jamoalar soni 9 taga etdi:

Qatar

Germaniya

Daniya 

Braziliya

Fransiya

Belgiya

Xorvatiya

Serbiya

Ispaniya

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia