JCH-2022 saralashi. O'zbekistonga 4-savatchadan qaysi jamoa tushgani maqul? (so'rovnoma)

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2019, 10:37
Shu yilning 17 iyul kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida JCH-2022 Osiyo qitasi ikkinchi saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Ushbu qur'a jarayonida jamoalar beshta savatchaga ajratiladi. Savatchalar iyun oyidagi FIFA reytingiga qarab ajratilgan. O'zbekiston terma jamoasi qur'ada ikkinchi savatchadan joy olishi aniq.

1-savatcha: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy
2-savatcha: Iroq, O'zbekiston, Suriya, Livan, Ummon, Qirg'iziston, Vetnam, Iordaniya
3-savatcha: Falastin, Hindiston, Bahrayn, Tailand, Tojikiston, KXDR, Xitoy Taypei, Filippin
4-savatcha: Turkmaniston, Myanma, Gonkong, Yaman, Afg'oniston, Maldiv orollari, Kuvayt, Malayziya
5-savatcha: Indoneziya, Singapur, Nepal, Bangladesh, Mo'g'uliston, Guam, Kambodja, Shri-Lanka yoki Makao. 


"Birinchi savatchadan qaysi jamoa O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olishini istaysiz" degan mazmundagi so'rovnoma taqdim etilgandi. Unda deyarli 6000 o'quvchi ishtirok etdi va ovoz beruvchilarning 42 foizi XITOY variantini tanladi. 

"Uchinchi savatchadan qaysi jamoa O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olishini istaysiz" degan mazmundagi so'rovnoma taqdim etilgandi. Unda 5000dan ziyod o'quvchi ishtirok etdi va ovoz beruvchilarning 20 foizi TOJIKISTON variantini tanladi. 



Bugungi so'rovnomamiz bilan tanishing: To'rtinchi savatchadagi qaysi jamoa O'zbekiston bilan bir guruhda bo'lishini istaysiz?

So'rovnomada ishtirok etish uchun telegramdagi rasmiy KANALIMIZGA  o'ting.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia