JCH-2022 saralashi. Osiyo. “E” guruhidagi bahs tugadi va qolgan 5 uchrashuv esa davom etmoqda

Eldor Akmurzayev
3 iyun 2021, 22:10
Osiyo qitasida mundial saralashining 2-bosqich bahslari davom etadi.

Biroz oldin, “E” guruhida 7-turdan o'rin olgan Bangladesh – Afg'oniston uchrashuvi yakunlandi va unda 1:1 hisobi qayd etildi. Bangladeshliklar safida himoyachi Topu Barman gol urgan bo'lsa, raqiblardan Amridin Sharifi o'z nomini tabloga yozdirdi. 

Afg'oniston ochkolari sonini 5 taga etkazib, o'z guruhida 3-o'rinda bormoqda. Bangladesh esa 2 ochko bilan autsayderligicha qoldi.

Shuningdek, ayni daqiqalarda “B” guruhidan o'rin olgan Nepal – Xitoy Taypeyi

“C” guruhidan o'rin olgan Bahrayn – Kamboja, 

“E” guruhidan o'rin olgan Hindiston – Qatar, 

“G” guruhidan o'rin olgan BAA – Malayziya hamda Tailand – Indoneziya bahslari bo'lib o'tmoqda.

JCH-2022 saralashi. Osiyo. Guruh jadvallari

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia