JCH-2022. Mbappe yaqqol to'purarga aylanib oldi. Unda 2 ta assist ham bor

Eldor Akmurzayev
5 dek 2022, 08:45
JCH-2022 nimchorak finalidan o'rin olgan uchrashuvda Fransiya TJ 3:1 hisobida polshaliklarni engdi.

Bahs qahramoniga aylangan Kilian Mbappe dubl+assistni o'z hisobiga yozdirdi. 23 yoshli futbolchi joriy turnirdagi gollarini 5 taga etkazib, yaqqol to'purarga aylanib oldi. Undan keyin o'rinlardan esa 3 tadan gol urgan 7 futbolchi bor.

Shuningdek, Mbappe hisobida 2 ta assist ham bor. Bu borada yetakchi esa Xarri Keyn hisoblanadi – 3 ta.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia