JCH-2018: Neymar bugungi mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi

Aziz Tukhtamuradov
18 iyun 2018
Braziliya terma jamoasi yetakchisi Neymar pentakampeonlarning bugungi mashg'ulotida ishtirok etmadi.

Terma jamoa murabbiylari shifokorlar bilan kelishgan holda Shveytsariyaga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng hujumchiga bir kun dam berishga qaror qilishdi. 

E'tiborlisi, Braziliya - Shveytsariya o'yinida raqib jamoa futbolchilari Neymarga nisbatan 10 marotaba qoida buzishgan. Hujumchini faqat yiqitish va ushlab qolish orqali to'xtatishgan. 

“To'g'ri, qoida buzishlar futbolning bir bo'lagi va bunga jiddiy etirozim yo'q. Lekin hakamlar atayin va qasddan qilingan qo'polliklarni e'tibordan chetda qoldirmasliklari kerak”, - dedi Neymar AS nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, bugungi mashg'ulotlarda Neymardan tashqari Marselo, Tyago Silva va Gabriel Jezus alohida dastur asosida individual tarzda shug'ullanishdi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: