Loris: "JCH-2018 eyforiyasi o'tmishda qolib ketgan. Bizga ishonch yetishmayapti"

Mirjalol Normatov
5 sen 2021, 13:25
Fransiya termasi posboni Ugo Loris JCH-2022 doirasida Ukrainaga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Bizdagi hissiyotlar va agressivlik kamlik qilmoqda. JCH-2018 eyforiyasi o'tmishda qolib ketgan. Bizga o'zimizga bo'lgan ishonch yetishmayapti. Futbolchilarning darajasi oshgan, ammo Fransiya termasining rivojlanishi har bir futbolchining jamoaviyligiga bog'liq.

Pozitiv kayfiyatni saqlab qolishimiz kerak. Finlyandiyaga qarshi bahsni muvaffaqiyatli boshlash kerak", - dedi Loris.

Francuzlar ketma-ket besh bahsdan buyon g'alabaga erisha olmayapti. So'nggi bora terma 15 iyun kuni g'alabaga erishgan, o'shanda Evro-2020da Germaniya kichik hisobda taslim qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal