JCH-2018. Maradona stadionda sigaret chekkani uchun kechirim so'radi FOTO

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2018, 07:15
Futbol afsonasi Diego Armando Maradona Moskvadagi “Spartak” stadionida tamaki chekkani uchun uzr so'radi.

Argentinalik sobiq futbolchi va murabbiy Argentina - Islandiya (1:1) uchrashuvi chog'ida o'z mamlakati jamoasining o'yinidan ko'ngli to'lmay, ketma-ket sigaret cheka boshlagan.

“Bugun argentinaliklar uchun og'ir kun bo'ldi. JCHning ilk o'yinida futbolchilarimiz bosimni enga olishmadi. Endi tamaki chekkanimga kelsak, to'g'risi bu yerda tamaki chekish mumkin emasligini bilmasdim. Buning uchun turnir tashkilotchilaridan kechirim so'rayman. Olg'a, Argentina! Keling, futbolchilarimizni yanada kuchliroq qo'llab-quvvatlayman”, - dedi Maradona.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif