JCH-2014 qahramoni PSV bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
6 sen 2021, 14:32
Germaniyalik yarim himoyachi Mario Gyotce PSV bilan shartnomani uzaytirdi.

Bu haqda Niderlandiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

29 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2024 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Mario Gyotce 2014 yilgi Jahon chempionati finalida Argentina darvozasiga gol urgan va Germaniyaga chempionlikni keltirgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: instagram.com/psv