Jasur Hasanovning SSKA darvozasiga kiritgan to'pi OFK kubogi guruh bosqichining eng chiroyli gollari qatoridan o'rin oldi

Оқил Абдубарноев
25 iyul 2022, 19:05
"So'g'diyona" futbolchisi Jasur Hasanov OFK tomonidan etirof etildi.

Jizzaxlik futbolchining OFK kubogi guruh bahslari doirasida SSKA darvozasiga jarimadan kiritgan to'pi musobaqaning mazkur bosqichidagi eng chiroyli gollari qatoridan o'rin egalladi.

Shuningdek, mazkur ro'yxatdan Ronald Ngax Vanja (Kedax Darul Aman), Rizki Eka Pratama (PSM Makassar), Daler Yodgorov (Xo'jand), Anj Kuame (Taynan Siti FK), Mikael (Long Layons), Robino (Bashundxara Kings), Liston Kolako (Moxun Bagan), Xuseyn Al Juveyd (Jable), Luis Fernando (Riffa) kabi futbolchilar o'rin egallagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia