

Uchrashuvdan so'ng jizzaxliklar sardori Jasur Hasanovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Nima ham deyish mumkin? Qo'pol qilib aytganda jamoamiz "o'ra"ga tushib qolgan. Shundan chiqib keta olmayapmiz. Oldinda yana 2ta tur qoldi. Mavsumni munosib yakunlab qo'yamiz, degan umiddaman. Maqsadsiz o'ynayapmiz deya olmayman. Oxirigacha kurashamiz. Futbolchilar ruhiy tushkunlikka tushib qolgan. "Paxtakor" bilan o'yindan keyin yana alohida gaplashib oldik. Ular tushuntirdim.
Joriy yil uchta fronta kurash olib bordik. Baribir tarkibda raqobat bo'lmasa qiyin. Bunday turnirlarda qatnashadigan jamoa ikkita teng tarkib qilib olishi kerak. OFK va O'zbekiston kubogida yarim finalgacha yetib keldik. Superligani g'alaba bilan yakunlab qo'ymoqchimiz",- deydi Jasur Hasanov

Abdulaziz Iskandarov



