Jarohat olgan "Arsenal" hujumchisi qancha muddat maydonga tusha olmaydi?

Aslanov Jasurbek
19 sen 2017, 15:39
"Chelsi"ga qarshi APLning 5-tur uchrashuvida jarohat olgan "Arsenal" hujumchisi Denni Uelbek bir oyga safdan chiqdi.

26 yoshli forvard "to'pchilar" asosiy tarkibida maydonga tushdi, biroq 73-daqiqada David Luis bilan kurashda jarohat oldi va o'rnini Olive Jiruga bo'shatib berdi. Shunday qilib, Uelbek Angliya terma jamoasi safida Sloveniya va Litvaga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushmaydi.

Joriy mavsum Uelbek Angliya chempionatining 5 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph