Jardim Jekoni "Monako"da ko'rishni istamoqda

6 avg 2019, 20:55
"Roma" hujumchisi Eden Jeko faoliyatini "Monako" safida davom ettirishi mumkin.

France Football nashrining xabariga ko'ra, 33 yoshli bosniyalik futbolchining xizmatlariga "Monako" bosh murabbiyi Leonardo Jardimning shaxsan o'zi qiziqmoqda. 

Avvalroq, "Roma" rahbariyati Jekoning transferidan 20 mln evrodan kam bo'lmagan summa ishlab olmoqchiligi to'g'risida ma'lumot tarqagandi. 

Edin Jeko 2015 yildan beri "bo'rilar" tarkibida o'ynamoqda. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yil yoz oyida yakuniga etadi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: francefootball.fr