

Fransiya futbol federatsiyasi, garchi, murabbiy nomzodi turnirdan keyin o'ylab ko'rilishini ma'lum qilgan bo'lsa-da, "L’Équipe" Zidan bilan ishlar ketayotganini yozib o'tgan.
Ayni damda Zidanning murabbiylar shtabida kimlar ishlashi muhokama qilinmoqda.
Ma'lumot uchun, ayni damda Dide Desham Fransiya termasini boshqarmoqda. U 2012 yil yozida boshqaruvga kelgandi. Shu davrdan buyon uning qo'l ostida terma 175 o'yinda maydonga tushib, 113 g'alaba, 32 durang va 30 mag'lubiyat qayd etdi va bir bora jahon chempionligini ham qo'lga kiritdi.



