Jahon chempionati ishtirokchisi ikkinchi davrada Olimpikda boshlaydi

Alisher
11 iyul 2023, 07:34
Andijon matbuot xizmati futbolchi Sherzod Esanovni Toshkentning Olimpik klubiga o'tganini e'lon qildi.

Futbolchi yil so'nggi qadar ijara asosida toshkentliklar safida harakat qiladi. 

Ma'lumot uchun, 20 yoshli iqtidorli yarim himoyachi Andijon safiga o'tgan yilgi mavsum boshida qo'shilgan. O'shanda Pro ligada Andijon tarkibida 17 ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 2 ta gol urgan. O'zbekiston Kubogi doirasida esa 1 ta o'yinda 1 ta gol muallifiga aylangan. Bu yil esa Esanov Superligada debyutini o'tkazdi va Andijon tarkibida 5 ta bellashuvda qatnashdi. 

Shuningdek, Esanov bu yil O'zbekiston U-20 terma jamoasi safida Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi va Argentinada o'tkazilgan mundialda yurtimiz sharafini himoya qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia