Italiyadan uchralgan 1:9 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng Armaniston futbol federatsiyasi rahbari ham ishdan ketdi

Alisher
22 noya 2019, 11:05
Armaniston futbol federatsiyasi (AFF) prezidenti Artur Vanecyan Evro-2020 saralashi bosqichidagi Italiya (1:9)dan uchralgan mag'lubiyat sababli iste'foga chiqdi.

Vanecyan AFFga 2018 yil sentyabr oyida prezident etib saylangan edi. Italiyaga qarshi o'yin esa 18 noyabrda bo'lib o'tdi.

"Kimdir mag'lubiyat uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olishi kerak edi. Men iste'foga chiqdim va qo'mita a'zolari buni qabul qilishdi", - deydi Vanecyan.

Vanecyan 23 dekabrda AFFning majlisida yangi prezident saylanishini aytib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Armaniston Evro-2020 saralashining so'nggi o'yinida Italiyadan 1:9 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TACC