Italiya. “Lacio” so'nggi daqiqalarda 3 ochkoga ega bo'ldi

Aslanov Jasurbek
14 mar 2017, 07:15
Italiya A Seriyasida 28-turning so'nggi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Rimning “Lacio” klubi o'z muxlislari ko'z o'ngida Turinning “Torino” jamoasini qabul qildi. O'yinning 87-daqiqasiga qadar tabloda 1:1 hisobi porlab turgandi.

Aynan shu daqiqada maydon egalari Keytaning aniq zarbasi evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. 90-daqiqada esa Felipe Anderson uchrashuvga mantiqiy yakun yasab bergan golni kiritdi.  


Italiya. A Seriya. 28-tur  

Lacio – Torino 3:1

Gollar: 1:0 – 56 Immobile, 1:1 – 72 Lopes, 2:1 – 87 Keyta, 3:1 – 90 Felipe Anderson.

Lacio: Strakosha, Basta, de Vrey (Uolles, 46), Xudt, Radu (Lukaku, 27), Parolo, Bigliya (Keyta, 77), Milinkovich-Savich, Felipe Anderson, Immobile, Lulich.

Torino: Xart, de Silvestri, Rossettini, Moretti, Barreka, Benassi, Lukich, Bazelli (Molinaro, 46), Iturbe (Yago Falke, 74), Belotti, Lyayich (Lopes, 64).

Ogohlantirishlar: Lyayich (38), Lukaku (44), Milinkovich-Savich (74), Parolo (86).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif