Ana shu uchrashuv davomida mehmonlar futbolchilari toshkentliklar darvozaboniga nisbatan bir necha bor o'ta qo'pol tarzda harakat qilishdi. Buning natijasi o'laroq shu kuni Otabek Xoldorovning bir necha tana a'zolari jiddiy jarohat oldi.
Darvozabonning o'zidan bu haqida so'raganimizda, “- O'yindan oldin “Xorazm” futbolchilaridan biri bugun sen o'ynamaysan deb aytganida ajablangandim, ammo, ular haqiqatdan ham erkin o'ynashimga imkon berishmadi” – deya ta'kidlab o'tdi.
Dastlab birinchi bo'limda mehmonlar hujumchisi Qadamboy Nurmetov havodagi kurashda darvozabon bilan qattiq kurashga kirdi va unga jiddiy jarohat etkazdi. O'sha holatning qay darajada jiddiyligini ko'rsatuvchi yana bir omil – tez yordam mashinasining chaqirilganidir.
Kuchli zarbani qabul qilib olganiga qaramay, darvozabon uchrashuvni davom ettirishini aytib, maydonda qoldi. Raqiblar hujumchisining esa bosh qismi biroz lat edi va bosh qismidan biroz qon ketdi.
Aslida har bir jamoa murabbiylari shogirdlariga, har qanday holatda ham darvozabon bilan to'g'ridan-to'g'ri keskin kurashga kirmaslikni qatiy takidlaydilar. Chunki, bu fikru-hayoli faqat to'pni egallab olishda bo'lgan darvozabon uchun ayanchli yakunlanishi mumkin.
Xullas, O.Xoldorovning uchrashuvni jarohat bilan davom ettirishi ham raqiblar uchun kamlik qildi. Ikkinchi bo'limda yana havodagi to'p uchun kurashda bu safar Muraz Bobojonov darvozabon bilan keskin kurashga kirdi va bunisi endi, avvalgi to'qnashuvdan ham o'tib tushdi. Havodagi kuchli to'qnashuv zarbi etmagandek, hujumchi yo'q joydan darvozabonning oyog'ini bosib oldi. Natijada Otabek Xoldorov uyog'iga uchrashuvni davom ettira olmadi.
Darvozabonning iyagini tikishda uchta chok tushdi, bosh qismining shikastlanishi va chap oyoqning bosh va ko'rsatkich barmoqlarining jiddiy jarohatlanishi. Bular shifokor qo'ygan tashxis. Endi Otabek ma'lum vaqt davomida doimiy tarzda shifokor qabuliga qatnashiga to'g'ri keladi.
Darvozabonga nisbatan bunday sportga xos bo'lmagan harakatlarni namoish etish futbolni shunchaki, jirkanchlashtiradi. Har kimga o'zi insof bersin.
Otabek Xoldorovning uchrashuv paytidagi holatini esa o'zingiz ko'rib, xulosa chiqarib olavering.