Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Barselona" "Real Sosedad" bilan, "Real" esa "Atletik" bilan o'ynaydi

Alisher
17 dek 2020, 18:23
Ispaniya Superkubogi yarim final o'yinlariga qur'a tashlandi.

"Barselona" 1/2 finalda "Real Sosedad" bilan," "Real" esa "Atletik" bilan o'ynaydi.

"Barselona" - "Real Sosedad" o'yini 13 yanvarda Kordovada bo'lib o'tadi. "Real" va "Atletik" esa 14 yanvarda Malagada to'qnash kelishadi.

"Real" va "Barselona" o'tgan mavsum La Ligada chempion va vice-chempionga aylanishgandi, "Atletik" va "Sosedad" esa Ispaniya Kubogi finalchilaridir.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS