Ispaniya chempionati ochilish o'yinida o'ynaydigan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2019, 17:10
Ispaniya chempionati 1-turi o'tkaziladigan sanalar aniq bo'ldi.

Demak, 16 avgust kuni liganing ochilish o'yinida "Atletik" hamda "Barselona" jamoalari o'zaro to'qnash keladigan bo'lishdi. Ushbu o'yin Bilbaodagi "San-Mames" stadionida o'tkaziladi.

"Real" 17 avgust kuni "Selta" maydoniga safar uyushtiradi. "Atletiko" esa 18 avgust kuni o'z maydonida "Xetafe"ni qabul qiladigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/laliga