Islom Seytnazarov: "Ikkinchi davraga qadar bir amallab chidab turamiz"

Iskandarov Abdulaziz
7 may 2022, 20:52
Pro-liganing 7-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Buxoro" (2:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar vakili Islom Seytnazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiyin o'yin bo'ldi. Bizda asosan yosh futbolchilar harakat qilishmoqda. Jarohatlar va kartochkalar sabab zaxiramizda ham o'yinni kuchaytira oladigan futbolchilar yo'q. Bizni hamisha qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

- Uy va safar o'yinlari qay darajada farq qilayapti?

- Biz ko'proq sun'iy maydonlarga moslashganmiz. Safarda tabiiy maydonlarda bizga qiyin bo'layotgani to'g'ri. Lekin, hozirda Pro-ligada hech bir o'yin oson o'tayotgani yo'q.

- Jamoada qanday muammolar bor?

- Hozirda moliyaviy tomondan muammolarimiz bor. Yigitlar shunga qaramay harakat qilishayapti. Ikkinchi davraga qadar sabr qilib turamiz, shundan so'ng barchasi yaxshi bo'lib ketishiga umid qilayapmiz.





O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia