Dilyaver Vaniev: "Maradona Safarovga ikkinchi bor imkoniyat berdik. Lekin..."

Mirjalol Normatov
6 avg 2022, 23:50
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Mashal"-"Aral Samali" (7:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugungi o'yinda raqib zich himoyalanishni bilgandim. Bu uchrashuvga asosiy maqsad futbolchilarni ruhiy jihatdan tayyorlash edi. O'yindan qoniqdim. Kombinaciyalarimiz o'xshadi.  "Aral Samali"ni hurmat qilamiz. Endilikda  navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish kerak",- deydi Dilyaver Vaniev.

- Maradona Safarov asosiy tarkibga kirishiga kuchi yetmadimi yoki o'z xohishi bilan jamoani tark etdimi?

- U klubimiz tarkibiyalanuvchisi. Qishda taklif qilib ikkinchi bor imkoniyat berishga qaror qildik. Lekin u ko'p jarohat oldi. Bu - futbol. Unga omad tilaymiz. 

- "Aral Samali" bilan birinchi o'yinda safarda durang qayd etilgandi. Bu maydon holati bilan bog'liqmidi? 

- Maydon standart emas. Lekin o'shanda yo'qotilgan ikki ochko Superliga yo'llanmasi uchun juda kerak bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia