Islom Ahmedov Qirg'iz Respublikasi klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Alisher
5 mar 2025, 12:26
"Abdish Ota" sobiq bosh murabbiyi Islom Ahmedov Qirg'iz Respublikasining boshqa bir klubida ish boshladi.

O'zbekistonlik mutaxassis "Aziyagol" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Jamoa bilan birga muvaffaqiyat va ajoyib g'alabalar tilab qolamiz", - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o'tamiz, Ahmedov o'tgan mavsum Qirg'iz Respublikasi chempionatida "Abdish Ota" bilan mamlakat chempioniga aylangan va mavsum yakuniga ko'ra eng yaxshi murabbiy deb topilgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: t.me/fcasiagoal