Iordaniya Urugvay bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda

Narzulla Saydullayev
11 noya 2013, 17:02
13 noyabr kuni jahon chempionati saralash bahslari qitalararo pley-off raundida Iordaniya Urugvayni qabul qiladi.
Mazkur bellashuvda iordaniyaliklar safida Amir Shafi, Amir Dib, Hasan Abdulafattoh va Anas Bani Yosin maydonga tusha olmaydi.

Urugvay esa kecha Istanbulda mashg'ulot o'tkazdi. Shundan keyin jamoa Iordaniya poytaxti Ammanga qarab yo'l oldi.

Iordaniya terma jamoasiga butun mamlakat ruhiy madad berishga harakat qilmoqda. Chunki raqib o'ta kuchli. Lekin Iordaniya terma jamoasi katta ishtiyoq evaziga oradagi farqni yo'qqa chiqarishga urinib ko'rmoqchi. Eslatib o'tamiz, iordanliyaliklar oxirgi 16 uy o'yinida yutqazishgani yo'q. Biroq ko'pchilik bu juftlik taqdiri Ammandagi bahsdayoq hal etilishini bashorat qilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia