Intervyu. Islom To'xtaxo'jaev: “Safarda ham hujumkor o'yin ko'rsatmoqchimiz”

Aslanov Jasurbek
14 okt 2019, 15:00
Yamanga qarshi kechgan uchrashuvda terma jamoamizni maydonga sardorlik bog'ichi ostida boshlab tushgan himoyachi Islom To'xtaxo'jaev Singapurga qarshi bahsdan avval o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Yaman bilan o'yinda terma jamoa katta ustunlikka ega bo'ldi va buni hisobda ham aks ettirdi. Ko'p kuch sarflangani aniq. Tiklanish jarayoni qanday kechdi?

- Odatdagidek tiklanish mashqlarini olib bordik. Barchasi rejadagidek. 


- Milliy chempionatimizda mavsum yakunlanib bormoqda. Futbolchilarda charchoq alomatlari sezilishi tabiiy hol. Ayni pallada jamoadagilarni jismoniy holati qanday? 

- Baribir xohlaymizmi, yo'qmi charchoq ozgina seziladi. Chunki mavsum oxiri, Superliga yakunlanishiga oz qoldi. Lekin terma jamoa o'yinlari paytida yaxshi sport formasida bo'lishimiz kerak. 



- Raqib avvalgi turda Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'ldi. Singapur terma jamoasidan ochiq o'yin kutyapsizmi yoki himoyaga asoslangan?

- Ularni o'rganyapmiz. Singapurliklar so'nggi o'yinlarda hujumkor futbol ko'rsatishmoqda. 


- Safarda, ko'plab singapurlik ishqibozlar qarshisida o'ynashini inobatga olsak, terma jamoamizdan qanday futbol kutishimiz mumkin?

- Xudo xohlasa safarda ham chiroyli va hujumkor o'yin ko'rsatib g'alabaga erishmoqchimiz. 


Abdulaziz suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia