"Inter" va Belerin shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi. Ispan "Arsenal"dan ketmoqchi

Alisher
13 iyul 2021, 08:58
Himoyachi Ektor Belerin "Arsenal"dan ketmoqchi va "Inter"ga o'tmoqchi.

26 yoshli ispaniyalik futbolchi Italiya chempionlari bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi. Hozirda klublar o'zaro muzokaralar olib borishmoqda.

"Inter" ko'rib chiqayotgan asosiy variant - Belerinni xarid qilish huquqi bilan ijaraga olish.

Belerin o'tgan mavsum APL doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira