

Calciomercato'ning ma'lum qilichicha, neradzurrilar rasmiy sayti promo-materiallardagi Ikardining rasmlarini o'chirib yuborgan.
Avvalroq, 26 yoshli hujumchi Xalqaro chempionlar kubogi-2019 mavsumoldi o'rtoqlik turniri doirasida Yuventusga qarshi bahs uchun chiqarilgan posterga ham kiritilmagandi.
Mauro joriy mavsum Inter safida 27 bahsda qatnashib, 10ta gol urishga erishdi. U mavsum davomida sardorlik bog'ichidan maxrum etilib, jarohatlar oqimiga tushib qoldi. Shu sababli, futbolchining klubdagi mavqeyiga putur etgani aytilmoqda.



