"Inter" "Real"ning transfer maqsadini qo'lga kiritmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
11 mar 2025, 12:51
"Inter" "Komo"ning ispaniyalik hujumkor yarim himoyachisi Niko Pasning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining o'zi Italiya grandiga o'tishi mumkinligiga ijobiy qaramoqda. Ammo, kelishuvga Real aralashishi mumkin. Gap shundaki, madridliklar ispaniyalik futbolchini 9 mln evroga qaytarib olish huquqiga ega. Ammo, "Komo" bu bandni rad etib, "qaymoqranglilar"ga futbolchi uchun qo'shimcha 20-25 million evro to'lashi mumkin.

Niko Pas "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi joriy mavsum "Komo" safida 26 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: corrieredellosport.it