"Inter" Naynggolan uchun kurashga qo'shildi

Aslanov Jasurbek
19 may 2017, 17:33
"Inter" rahbariyati "Roma" yarim himoyachisi Raja Naynggolanga qiziqish bildirmoqda.

Nerazzurilar 29 yoshli belgiyalikni o'ziga og'dirib, "Chelsi" ustozi Antonio Kontening e'tiborini tortmoqchi. Italiyalik Naynggolanni o'z klubida ko'rmoqchi, milanliklar esa Konteni jamoaga olib kelishmoqchi.

"Roma" moliyaviy feyr-pleyga tufayli yarim himoyachini sotishga rozi bo'lishi mumkin. Futbolchi 50-60 mln. evroga baholanmoqda. "Inter"dagi Nayggolani Milanga olib kelish uchun hamma ishga tayyor. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport