"Inter" MYU yarim himoyachisi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2018, 12:06
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata "Inter" qiziqishlari doirasida.

Ispaniyalik futbolchining shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi, biroq shartnomada kelishuvni yana bir yilga uzaytirish mumkin bo'lgan band mavjud. Shunga qaramasdan, Mata ayni damda o'zi istagan klub bilan muzokara o'tkazishi mumkin.

"Inter"dagilar futbolchining holatidan xabardor va uning qarorini kutishmoqda. MYU rahbariyati shartnomani uzaytirish bandini faollashtirish uchun maygacha javob berishi lozim.

Oldinroq, "Manchester Yunayted" Genrix Mxitaryanni "Inter" xavbeki Joau Mariuga almashtirishi mumkinligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS