"Inter" Dyumfrisni 50 mln evrodan kamiga sotmaydi

Sherzod Nurmatov
13 dek 2022, 13:10
Himoyachiga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqmoqda.

Denzel Dyumfrisning transfer narxi 2022 yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokidan keyin oshdi.

Endilikda "Inter" 26 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun kamida 50 million evro talab qiladi, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.

Manbaning xabariga ko'ra, Dyumfrisga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" hamon qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira