"Andijon" futbolchisi faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi

2 iyul 2026, 14:02
Sayfiddin Sodiqov "Andijon" bilan xayrlashdi va faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi.

"Mavsum boshida jamoamizga qo'shilgan 18 yoshli iqtidorli futbolchi Sayfiddin Sodiqov bilan tuzilgan ijara shartnomasi 30 iyun kuni o'z nihoyasiga etdi. Shu sababli futbolchi klubni tark etdi.

O'tgan vaqt davomida Sodiqov "Andijon" tarkibida ilk bor Superligada debyutini o'tkazishga muvaffaq bo'ldi va uchta uchrashuvda maydonga tushdi.

Sayfiddin endilikda Portugaliyaning "Braga" jamoasida o'ynaydi.

Biz uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deyilgan andijonliklar matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Manba: @andijonpfc