

Unga ko'ra, “Inter” himoyachisi Milan Shkrinyar “neradzurrilar” bilan shartnomasini uzaytirmaydi va 2023 yil 30 iyunda erkin agentga aylanadi.
27 yoshli slovakiyalik PSJ bilan dastlabki kelishuvga erishdi. Ammo parijliklar qishki transfer oynasidayoq futbolchini sotib olish huquqi bilan “Inter”dan transfer qilmoqchi. PSJ buning uchun 10 mln evrodan voz kechmoqchi. “Inter” esa 2 hissa ko'proq mablag' xohlamoqda.
Shkrinyar joriy mavsum klub miqyosida 26 bahsda qatnashib, bitta gol uzatmaga mualliflik qildi.



