

“Menga hozirgina Florentino Peres bugun kechki payt kiyim almashtirish xonasida “Real” o'yinchilariga “Mbappe jamoaga kelmaydi”, deb aytgani haqida xabar qilishdi.
Manbani tasdiqlashdan oldin Mbappening bayonotini kutamiz”, deya yozgan Balage o'z sahifasiga.
Avvalroq, 23 yoshli francuz terma jamoa yig'inlari boshlanishi bilan kelajagi haqida yakuniy qarorni e'lon qilishini aytgandi. Fransiya TJ 28 may kuni mashg'ulotlarni boshlaydi.



